RoYo Gas —
Metan navbatlarini boshqarish platformasi

Bu faqat ilova emas. RoYo Gas — metan shoxobchalari oqimini raqamlashtiradigan tizim: real vaqt holati + navbatni bron qilish + operator boshqaruvi. Maqsad — haydovchiga aniq tanlov berish, shoxobchaga tartib, bozorda esa barqaror oqim.

Pilot: Urganch Shoxobcha katalogi Bron tizimi Operator paneli
Pilot shoxobchalar Bron qanday ishlaydi? Xarita

1 gapda g‘oya

“RoYo Gas — metan shoxobchalarida navbatni bron qilish va oqimni boshqarish tizimi.”

Nega investorlar uchun muhim?

Platforma shaharlar bo‘yicha kengayadi, shoxobchalar uchun B2B xizmat beradi, va real vaqt ma’lumotlar bilan analitika yaratadi.

Haydovchi
Topadi → Bron qiladi → Vaqtida keladi
Shoxobcha
Oqimni boshqaradi → Holatni yangilaydi

Metan shoxobchalar (pilot ro‘yxat)

Hozir webda: katalog + filtr + dropdown. Keyingi bosqich: real vaqt holati va bron ishlashi.

Eslatma: Holat/kutish/ish vaqti — keyin real vaqt ma’lumotlar bilan to‘ldiriladi.

Bron qanday ishlaydi (namuna oqim)

Bu bo‘lim bron mexanikasini sodda qilib ko‘rsatadi: vaqt sloti, tekshirish, qoidalar.

Haydovchi (ilovada)

  1. Shoxobcha tanlaydi — metan filtri bilan.
  2. Vaqt slotini tanlaydi — 10–15 daqiqalik oynalar.
  3. Bronni tasdiqlaydi — (keyin: to‘lov/garov).
  4. Vaqtida keladi — QR/kod bilan tez tekshirish.
  5. Yoqadi — navbat oqimi tartibli bo‘ladi.

Shoxobcha (operator paneli)

  1. Bronlar ro‘yxatini ko‘radi — vaqt bo‘yicha.
  2. Bandlik indikatorini yangilaydi — open/busy/closed.
  3. Slot sig‘imini belgilaydi — masalan, har 10 daqiqada 6 ta mashina.
  4. Tekshiradi — QR/kod orqali.
  5. Analitika — pik soatlar, xizmat tezligi.

Tizim (platforma logikasi)

  1. Slotlar yaratadi — sig‘imdan kelib chiqib.
  2. Navbatni tekislaydi — pik paytda limit.
  3. Qoidalar — kechikish, bekor qilish, no-show.
  4. Himoya — spam bronlarni bloklash.
  5. Hisobot — shahar va shoxobcha kesimida.

Bron qoidalari (qisqa)

Bekor qilish

Slotdan oldin bekor qilsa jarima yo‘q (pilotda).

Kechikish

5–10 daqiqadan keyin bron bekor bo‘lishi mumkin.

No-show

Ko‘p takrorlansa vaqtincha blok.

Xarita (yengil ko‘rinish)

Ilovada to‘liq xarita bo‘ladi.

Tizim qanday ishlaydi (katta rasm)

Bu yerda “haydovchi nimani bosadi?” emas, “tizim qanday qiymat yaratadi?” ko‘rsatiladi.

Shoxobcha → Platforma

  • Holat: ochiq/yopiq, bandlik (oddiy indikator).
  • Xizmat tezligi (taxminiy): oqimni yaxshilash uchun.
  • Bronlar ro‘yxati: rejalashtirilgan kelishlar.

Platforma → Haydovchi

  • Xaritada yaqin shoxobcha + holat.
  • Vaqt bo‘yicha bron (navbatni kamaytirish).
  • Xabarnoma: “vaqt yaqin”, “shoxobcha band”.

Natija

Haydovchi

Kamroq kutish, aniq reja, yoqilg‘i tejaladi.

Shoxobcha

Oqim tartibli, konflikt kamayadi, samaradorlik oshadi.

Bozor

Pik vaqtlar yumshaydi, tizim barqarorlashadi.

Roadmap

0–1 oy

Pilot: katalog + oddiy bron oqimi (Urganch).

2–3 oy

Operator paneli, holat yangilash, xabarnomalar.

4–6 oy

To‘lov, analitika, shaharlar bo‘yicha kengayish.

Biznes modeli

B2B obuna

Shoxobcha paneli + analitika (oylik).

Komissiya

Bron/to‘lovdan kichik komissiya (keyingi bosqich).

Reklama

Servislar va yo‘l bo‘yi xizmatlari.

Web — vitrina. Ilova — asosiy mahsulot.

Investitsiya bilan mobil ilova + operator paneli tez ishlab chiqiladi va pilot kengaytiriladi.

Bog‘lanish